Villian: «Chelsi» bilan shartnomam yakunlansada, mavsum oxirigacha o'ynab beraman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319

«Chelsi» yarim himoyachisi Villian bayonot berib, uning klub bilan shartnomasi ertaroq yakunlansada, mavsum oxirigacha jamoa safida o'ynab berishini ta'kidladi.
«O'ylashimcha, mening shartnomam iyul oyida yakuniga etadi. Bu paytda o'ynashga to'g'ri kelsa ham, muammosiz chempionatda o'ynab beraman. Bu orqali men klubga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Hozir hammasi mavhum, nima bo'lishini bilmaymiz. Ammo, shubhasiz, shartnoma bilan bog'liq vaziyatdan qat'i nazar, men klub uchun bor kuchimni berishga tayyorman», – dedi Villian.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu mavsum so'ngida erkin agentga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233