Koutinoning yangi manzili "A" Seriyami?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 456

“Inter” huquqiy jihatdan “Barselona”ga tegishli bo'lgan havbek Filippe Koutinoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Sky Germany nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Inter” braziliyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi va bu uchun “Barselona”ga 30 million evro to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida ijarada o'tkazmoqda. U myunxenliklar safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan. Yozda futbolchi katta ehtimol bilan “Barsa”ga qaytadi, “Bavariya” futbolchining transferini sotib olmoqchi emas.
Manba: www.stadion.uz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199