«Fiorentina» prezidenti: «Jamoamizda 10 kishi koronavirus bilan zararlangan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

«Fiorentina» prezidenti Rokko Kommisso jamoada COVID-19 virusi bilan kasallanganlar haqida ma'lumot berdi.
"Bu xavfli xastalikdan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Infektsiyaga qarshi kurashayotganlarga yordam berishimiz lozim. Shifoxonalarda ishlayotganlarga yordam berish — bizning vazifamiz. Hozir 3 nafar xodimimiz shifoxonada izolyatsiyaga olingan va infektsiya yuqtirgan yana bir mutaxassisimiz uyda karantin o'tamoqda. Umumiy hisobda, bizda koronavirusga chalingan 8-10 kishi bor.
24 soat ichida 420 ming evro yig'dik. Frank Riberiga xayriya uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz ikkimiz Florentsiyani o'z uyimizdek his qilyapmiz. Bu shaharga yordam berish — bizning burchimiz.
Men kasal bo'lgan futbolchilar bilan ruhan birga ekanimni ular yaxshi his qilishadi. Hozir Florentsiyada bo'lishni istardim, ammo menga mamlakat kirish uchun ruxsat berishmayapti", — dedi Komisso "Fiorentina" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Amerikalik funktsionerning so'zlariga qaraganda, koronavirusga chalingan orasida futbolchilar, ularning turmush o'rtoqlari va klub xodimlari bor.

Bosh sahifaga
242