O'zbekiston – Yaponiya. Liboslar rangi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23422

Ma'lumki, ertaga, 17 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi “F” guruhining 3-tur doirasida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvdan oldin terma jamoalarning ertaga foydalanadigan liboslari rangi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, Yaponiya terma jamoasi ko'k rangli libosda, O'zbekiston esa oq rangli libosda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, 17 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan so'nggi tur uchrashuvini O'zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida Yaponiyaga qarshi o'tkazadi.
Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqaradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198