Italiya va Ispaniya chempionatlari 30 iyungacha oxiriga etkazilmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290
45
Italiya va Ispaniya chempionatlarini, UEFA istaganidek, 30 iyungacha oxiriga etkazishning imkoni bo'lmasligi mumkin. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar tarqatdi.
Italiyada koronavirus soat sari keng tarqalib borayotgani bois, A seriyani 2 may kuni qayta boshlash ehtimoli tobora pasayib bormoqda. Shuning uchun qolgan vaqt davomida A seriya 12ta turni belgilangan vaqtda o'tkazishga ulgurmaydi.
Bundan tashqari, Italiyaning 5ta klubi evrokuboklarda ishtirok etayotganini inobatga olganda chempionatni 30 iyungacha yakunlashning imkoni juda past. Buning oqibatida esa A seriyaning teletranslyatsiyalar huquqidan topadigan daromadlari kamayib ketadi.
Shu sabablarga ko'ra, Italiya va Ispaniya chempionatlarining yakuni iyul oyiga ham o'tib ketishi mumkin.

Bosh sahifaga
239