«Yuventus» va APL klublari «Milan» futbolchisini 45 million evroga sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes bir nechta klublarning e'tiborini tortdi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" va APLning bir qator klublari Teo uchun 45 million evro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
"Milan" esa o'z navbatida 40 milliondan 50 million evrogacha bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Ammo Corierre dello Sport xabariga ko'ra, "Milan" futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
Uning shartnomasi muddati 2024 yil iyungacha hisoblangan.
Ta'kidlanishicha, Teo Milanda qolishni xohlamoqda.
Manba: La Gazzetta dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243