«Yuventus» Sarrini koronavirus yuqishidan ehtiyot qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

"Yuventus" klubi rahbariyati bosh murabbiy Mauritsio Sarrini koronavirus yuqishidan ehtiyot qilish uchun barcha choralarni ko'rmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, italiyaliklar 61 yoshli mutaxassisning kasallikka chalinishini oldini olish uchun maxsus choralarni qo'llaydi. Ammo aynan qanday choralar ko'rilishi ma'lum qilinmayapti.
Sarri ko'p tamaki chekadi va yoshi tufayli kasallik yuqish xavfi yuqori bo'lgan kishilar toifasiga kiradi. Bir necha oy oldin ilgari mutaxassis pnevmoniya kasalligi tufayli davolanib chiqqan edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Yuventus" futbolchilari — Daniele Rugani va Blez Matyuidi organizmida koronavirus aniqlangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220