«Nasaf» nazorat uchrashuvida «Qizilqum»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13464

Superliga-2019ga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan aksariyat klublar allaqachon o'rtoqlik o'yinlari tashkil eta boshlashdi.
Bugun Qarshidagi “Sputnik” qo'rg'oni maydonida “Nasaf” va “Qizilqum” klublari o'zaro sinov-nazorat bahsida kuch sinashishdi.
Uchrashuv mobaynida har ikki jamoa ustozlari ham ko'rikda bo'lib turgan futbolchilar imkoniyatlarini ko'zdan kechirishdi. Yakunda 3:1 hisobi qayd etildi va o'yin “Nasaf” foydasiga hal bo'ldi.
“NASAF” – “QIZILQUM” 3:1
Gollar:SherzodTemirov (22), BobirDavlatov (72), OybekBozorov (75) – AlisherSanoev (62)
Hakamlar: Ravshan Abduvoxidov, Baxrom Usmonov, Izzat Usmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Shodiyor Hojimatov, Aleksey Larin, G'olib G'aybullaev, Doniyor Narzullaev, Bobir Davlatov, Xurshidbek Muxtorov, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Sherzod Temirov, Umarbek Eshmurodov
“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Doniyor Usmonov, Fayzullo Qambarov, Akrom Baxriddinov, Muhsinjon Ubaydullaev, Sherali Jo'raev, Murod Bobojonov, Eldor Boymatov, Salim Mustafoev.

Bosh sahifaga
205