Karantin: Jorjina do'konda, Ronaldu esa quyoshda toblanyapti (FOTO)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 770

Chempionatlar to'xtagan bo'lsa-da, jurnalistlar kun mavzusini boshqa jabhalarda topishdi — ular mashhur futbolchilarning karantinni qanday o'tkazayotgani bilan qiziqishyapti.
"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu karantinni Portugaliyadagi Madeyra orolida o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Jurnalistlar futbolchining karantindagi hayoti bilan qiziqishdi.
Ronaldu karantinni quyoshda toblanish, teri parvarishiga e'tibor qaratishga bag'ishlayapti.

Futbolchining sevgilisi Jorjina Rodrigesni esa oziq-ovqat do'konida, "ro'zg'or tashvishlari bilan band" holda uchratishgan.

Manba: isport.ua
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198