«Inter» va «Chelsi» italiyalik futbolchiga qiziqmoqdalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438

FCInterNews.It xabariga ko'ra, Londonning "Chelsi" va "Inter" yozgi transfer oynasida "Latsio" himoyachisi Franchesko Acherbi bilan shartnoma imzolashlari mumkin.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli futbolchi agent Federiko Pastorello bilan ishlay boshladi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda Acherbi "A" Seriyada 24 ta uchrashuvda, 2 ta gol va 2 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchining "Latsio" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilda tugaydi.
Manba: FCInterNews.ItFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198