Tennis. «Rolan Garros» boshqa muddatga ko'chirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Tennis bo'yicha "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi to'rtta musobaqadan biri hisoblangan «Rolan Garros» koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa muddatga ko'chirildi.
Turnir shu yilning 24 may - 7 iyun kunlari Parijda o'tkazilishi kerak edi. Ammo musobaqa tashkilotchilari uni kuz fasliga ko'chirishdi. Frantsiya ochiq chempionati 20 sentyabr - 4 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Shu tariqa, «Rolan Garros» 24 avgust - 13 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan yana bir "Ulkan toj" turniri — «US Open»dan so'ng darhol boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224