Ronaldu karantin o'tayotgan Madeyrada zilzila ro'y berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantin o'tayotgan Madeyra orolida zilzila ro'y berdi.
"The Sun" tarqatgan xabarga ko'ra, er qimirlashi 15 mart kuni sodir bo'lgan. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo'yicha 3,8 ballni tashkil qilgan. Ikki hafta ilgari ham bu orolda 5,2 ballga teng er qimirlashi yuz bergan edi. Orol aholisi bundan jabr chekmagan.
Ronaldu bir haftadan buyon Portugaliyada bo'lib turibdi. "Yuve" himoyachisi Daniele Ruganida koronavirus aniqlanganidan so'ng Krishtianu Italiyaga qaytay turishga qaror qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218