APLning fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386

«Byornli» bosh murabbiyi Shon Daych Angliya premer-ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
«Byornli» fevral oyida Angliya chempionati doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, bu o'yinlarda 8 ochko jamg'ardi.
48 yoshli mutaxassis ushbu sovrin uchun kurashda Ule-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted»), Mikel Arteta («Arsenal») va Kris Uaylder («Sheffild Yunayted»)ni ortda qoldirdi.
G'olib nomi muxlislar, APL klublar sardori va ekspertlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma orqali aniqlandi. Yanvar oyida ushbu sovrin «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppga nasib qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222