«Everton» «Roma» futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

"Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini "Everton" qiziqish doirasiga tushib qoldi, deya xabar beradi Calciomercato.
Liverpul klubi keyingi yozda o'rta chiziqni kuchaytirish niyatida va italiyalik yarim himoyachini sotib olishga harakat qilmoqda. "Everton" futbolchi uchun rimliklar bilan shartnomasida ko'rsatilgan 30 mln evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Pellegrini va "Roma" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2022-yil iyuniga qadar hisoblangan.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi "Roma" safida 24 ta uchrashuvda, 3 ta gol va 11 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203