«Valensiya» a'zolari kornavirusga topshirgan testlarning 35 foizi ijobiy natija berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

«Valensiya» matbuot xizmati jamoada koronavirus bilan kasallanish holati haqida yangi ma'lumot tarqatdi.
«Barcha holatlar tashqi belgilarsiz kechgan. Zararlanganlar hozir o'z uylarida nazorat ostida bo'lib turishibdi va ular izolyatsiyaga olingan. Klub a'zolari topshirgan testlarning 35 foizi ijobiy natija berdi.
«Valensiya» insonlarga o'z uylarida qolgan holda gigienik va profilaktik choralarga amal qilishni maslahat beradi», – deyiladi klub tarqatgan bayonotda.
Avvalroq «Valensiya»ning 5 a'zosi, jumladan, futbolchilar — Esekiel Garay, Eliakim Mangalya va Xose Gayyada koronavirus aniqlangani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179