“Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri” — Bibisora Asaubaeva
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Qozog'istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubaeva Kiprning Pafos shahrida bo'layotgan Nomzodlar turnirining 13-turidan keyin g'oliblikni qo'lga kiritgan Javohir Sindarovni g'alaba bilan tabrikdi. Shuningdek, u muxlislar tomonidan eng ko'p berilayotgan “Javohir bilan munosabatlaringiz qanday?” degan savolga ham javob berdi:
“Men Javohir uchun juda xursandman va u bilan faxrlanaman. Biz bir-birimizni besh yildan beri taniymiz, bir-birimizning yutuqlarimizga guvoh bo'lib, birga ulg'aydik. Menimcha, Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri. Uning g'alabasidan chin dildan quvondim, u bunga to'liq loyiq edi”, deydi Asaubaeva.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Javohir Sindarovning buvisi ham ushbu munosabatlarga to'xtalib, agar yoshlar xohlashsa, oilasi bunga rozi ekanligini ta'kidlagan edi.
Ma'lumot uchun, Sindarov Nomzodlar turniri yakunlanishiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Sportchi 13-turdan keyin 9,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bibisora esa ayollar o'rtasidagi Nomzodlar turnirda 7,5 ochko bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi tur uchrashuvlari 15 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi. Unda Assubaevga oxirgi o'rinda ketayotgan hindistonlik shaxmatchi Diyva Deshmuh raqiblik qiladi. Sindarov esa xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi.

Bosh sahifaga
242