Luis Enrike: «O'yinni pivo ichib tomosha qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi yarim finalida qaysi jamoa — «Real» yoki «Bavariya» bilan to'qnash kelishni afzal ko'rishi haqidagi savolga hazil bilan javob qaytardi.
«Har safar qaysidir jamoani tanlasam, bizga doim... ikkinchi raqib to'qnash keladi. Shuning uchun men shunchaki Parijda o'tirgancha, yaxna pivo ichib, o'yinni tomosha qilaman», — deya Enrikening so'zlarini keltirmoqda mashhur insayder Fabritsio Romano.
Luis Enrike o'z jamoasining yarim finalga chiqqanidan xotirjam holda, asosiy raqobatchilarining jangini kuzatishga tayyor. Bugun tunda ushbu bahs g'olibi aniqlanadi va yarim finalda parijliklarga kim raqiblik qilishi ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190