«Liverpul» joriy mavsum har uchinchi o'yinda mag'lub bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338

«PSJ»ga qarshi bahs Angliyaning «Liverpul» klubi uchun joriy mavsumdagi barcha musobaqalarni hisobga olganda 50-o'yin bo'ldi. Musobaqaning amaldagi g'olibidan javobsiz ikkita gol o'tkazib yuborgan Arne Slot shogirdlari mavsumdagi 17-mag'lubiyatini qabul qilib olishdi. O'rtacha hisobda «Liverpul» har uchta o'yindan bittasida mag'lub bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, «PSJ»dan uchralgan mag'lubiyat klub uchun Chempionlar ligasi bilan xayrlashishni anglatar edi. Ingliz klubi Evropaning eng nufuzli turnirida oxirgi marta 2019 yilda zafar quchgan. O'shanda «Liverpul»ni 2024 yilda jamoani tark etgan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp boshqargan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
437