Shirer «PSJ»ning «Liverpul» ustidan qozongan g'alabasini tahlil qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Angliyalik sobiq hujumchi Alan Shirer «Liverpul»ni yana bir bor mag'lub etib, Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'l olgan Frantsiyaning «PSJ» klubining asosiy ustunligini aytdi. Shirerning fikricha, Luis Enrike shogirdlari to'pni maydon bo'ylab juda tez harakatlantirishni, ayniqsa, qarshi hujumga o'tishni mukammal darajada o'zlashtirishgan.
«Biz «PSJ»ning to'pni oldinga siljitishdagi, ayniqsa, qarshi hujumlardagi yuqori mahoratiga qayta-qayta guvoh bo'ldik», — deya Shirerning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya klubi Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Shirerning o'zi esa Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib, uning hisobida 260 ta gol mavjud.

Bosh sahifaga
428