«Atletiko» moldovalik 16 yoshli iqtidor bilan professional shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Madridning «Atletiko» klubi rasmiy saytida moldovalik darvozabon Oktavian Gyaur bilan shartnoma imzolangani haqida xabar e'lon qilindi. Hozirda o'n olti yoshda bo'lgan futbolchi uchun bu faoliyatidagi ilk professional shartnoma hisoblanadi.
Bunga qadar Gyaur Madrid klubi akademiyasida shug'ullanib kelgan va yoshlar tarkibidagi o'yinlarda allaqachon o'zini ko'rsatishga ulgurgan edi. Klub rahbariyati undagi yuqori salohiyatni ko'rib, uzoq muddatli hamkorlik qilishga qaror qildi.
O'z vatani — Moldovada Gyaur 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat milliy terma jamoa sharafini himoya qiladi va hozirgacha ushbu jamoa safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
448