Dembele: «Biz o'tgan mavsumdagi kuchimizni yo'qotmaganmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Frantsiyalik hujumchi Usmon Dembele «Liverpul» darvozasiga ikkita gol urib, Angliyaning amaldagi chempionini Evropaning eng nufuzli klublar o'rtasidagi turniridan chiqarib yubordi. O'yindan so'ng Dembele uchrashuv natijalari haqida o'z fikrini bildirdi.
«G'alaba qozonganimizdan juda xursandman, chunki o'yinning ba'zi paytlarida, masalan, ikkinchi bo'limning dastlabki qismida bizga oson bo'lmadi. Ammo biz g'alaba sari yo'l topa oldik. Menimcha, biz o'tgan mavsumdagi darajamizdan aslo qolishmayapmiz. Shu bois, yana finalda o'ynashdan umidvorman», — deya frantsuz futbolchisining so'zlaridan iqtibos keltiradi BB Sport.
Eslatib o'tamiz, Usmon Dembele «Oltin to'p» sovrinining amaldagi sohibi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
450