«Liverpul» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Markinos «PSJ»ning muvaffaqiyat sirini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

«Pari Sen-Jermen» markaziy himoyachisi Markinos Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida «Liverpul» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Liverpul» o'zining kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qildi, biroq biz ishonch bilan harakat qildik va yakunda gol urishga muvaffaq bo'ldik. Vaziyatlardan unumli foydalanishni va o'yin qiyinlashgan paytda bardoshli bo'lishni bilish kerak. Birinchi uchrashuvda ko'proq gol urishimiz mumkinligini bilardik, shu sababli bu erda ham g'alaba qozonishga ahd qilgan edik», – dedi Markinos Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.
Final yo'llanmasi uchun «PSJ» «Bavariya» yoki Madridning «Real» jamoasi bilan bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
452