Turkiya yakka o'zi Evro-2020ni o'tkazishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

Turkiya UEFAga yakka o'zi Evropa chempionatini o'tkazish taklifini berdi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog'an UEFA rahbari Aleksander Cheferin bilan iliq munosabatlarga ega. Hozircha tashkilot bu taklifga qanday munosabat bildirishi aniq emas. Ammo UEFA musobaqani boshqa muddatga ko'chirish variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Turkiya tomonining eng asosiy argumenti sifatida mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni kam ekani keltirilgan.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 shu yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar 12ta mamlakatda bo'lib o'tishi kerak. Mezbon mamlakatlardan biri Turkiya hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179