Odion Igalo: «Vaqti kelib «MYu»ga o'tishimni tasavvur ham qilmagan edim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

«Manchester Yunayted» hujumchisi Odion Igalo jamoadagi ishtiroki borasida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bolalik paytingda «MYu»da o'ynash istaging borligini aytsang, odamlar: "Jinnimisan?", deyishadi. Gap shundaki, kelajakda nima ro'y berishini hech qachon bilmaysan.
Avvalo sen mamlakatni tark etib, Evropaning kichikroq bo'lsa-da jamoasida o'ynashni istaysan. Bu paytda «Yunayted» kabi jamoa haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin men hamisha «Yunayted»ni qo'llab-quvvatlaganman. Jamoaning har bir o'yinini tomosha qilishga harakat qildim. Bu lahzalarni hamon eslayman.
Oxir-oqibat bu jamoa safiga o'tishim mumkinligini tasavvur qilmagandim. Hattoki Premer-ligada «Uotford» safida o'ynayotganimda ham bu voqea sodir bo'lishini kutmagandim», – dedi Igalo "beIN Sports" nashriga bergan intervyusida.
Igalo qishki transfper paytida Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubidan «MYu»ga o'tgan edi. U «Yunayted» safida boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan 3ta o'yinda 4ta gol urdi.

Bosh sahifaga
180