Italiya chempionati qachon davom ettirilishi mumkinligi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 525
45
Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi prezidenti Damiano Tommazi chempionatning qachon davom ettirilishi mumkinligini aytib o'tdi.
«Bitta narsa aniq: aprel oyida chempionatni davom ettirishning iloji yo'q. Barchasi yaxshi bo'lsa, chempionatni may yoki iyun oyida qayta boshlashimiz mumkin.
Futbol haqida gapirganimizda ko'pchilikning xayoliga faqat o'yinchilar keladi, ammo jamoa ortida ko'plab insonlar va xodimlar turadi. Ular butun Italiya va Evropa bo'ylab ko'p odamlar bilan uchrashishadi. Muammo nafaqat Italiyada, balki Evropada ham keng tarqalmoqda. Shuning uchun UEFA o'zini Evropa ittifoqi sifatida tutishi kerak», — dedi Tommazi "Football Italia" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283