Ispaniyada yana bir futbolchi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

"Valensiya"ning frantsiyalik himoyachisi Elyakim Mangalya koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.
"Test natijalari menda koronavirus borligini ko'rsatdi. Hozircha o'zimni yaxshi his qilyapman, hech qanday kasallik belgilari yo'q. Shunday bo'lsa-da, uyda izolyatsiyadaman hamda yaqinlarimdan alohida yashayapman", — deb yozdi Mangalya tvitterdagi sahifasida.
Xabarlarga ko'ra, "Valensiya"ning 5 nafar a'zosi koronavirusdan zararlangan. Ayni paytda Ispaniyada 5 ming atrofidagi odam ushbu virusni yuqtirib olgan.
Manba: soccernews.ru
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283