Ronalduga yaqin manba: "Krishtianu mehmonxonalarini kasalxonaga aylantirgani yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339

Oldinroq Ronalduning Portugaliyadagi mehmonxonalarini kasalxonalarga aylantirayotgani va u erda koronavirusga chalinganlar tekin davolanishi haqidagi xabar yolg'on bo'lishi mumkin, deya xabar bergan edik. Buni qarangki, futbolchiga yaqin manba ham bu feyk xabar ekanligini ta'kidladi.
"Bu noto'g'ri, Krishtianu Portugaliyadagi mehmonxonalarini kasalxonalarga aylantirayotgani yo'q. Yolg'on xabarlar", deb yozdi futbolchiga yaqin bo'lgan jurnalist Manu Sayns tvitterdagi sahifasida.
Shuningdek, bu xabarlarni Ronalduga tegishli mehmonxona ma'muriyati ham inkor qildi. "Bu er hech qanday kasalxonaga aylanmaydi. Mehmonxona bo'lib qolaveradi". dedi "Goal" mehmonxonasi vakili.
Manba: football24.ua
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289