Luis Enrike Slotning uslubiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507

"PSJ" ustozi Luis Enrike Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvidan so'ng "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Parijliklar o'z maydonlarida "qizillar" ustidan g'alaba qozonishdi – 2:0.
"Men Arne Slotning ajoyib murabbiy ekanini bilaman. Menimcha, bu uning qo'l ostidagi "Liverpul" beshta himoyachi bilan o'ynagan ilk holat bo'ldi, ammo biz raqiblar bizga qarshi o'yin sxemasini o'zgartirishiga o'rganib qolganmiz. "Liverpul"da ko'plab kuchli futbolchilar bor, jamoa jismoniy jihatdan juda baquvvat. Slotga qarshi bahs olib borish doimo yoqimli, chunki u hujumkor futbolga urg'u berishga harakat qiladi", – dedi Enrike matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
184