RPL. «Ufa» «Zenit»dan so'ng, TsSKAdan ham safarda ochko oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 455

Rossiya chempionatining 22-turi doirasida «Ufa» Moskvada TsSKA bilan to'qnash keldi.
Xavfli vaziyatlar yaratish bo'yicha ustunlik armiyachilar tomonida bo'ldi. Mehmonlar himoyachilari va darvozabon Belenov uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazib, darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.
Shu tariqa, o'tgan turda «Zenit» maydonida durang o'ynagan «Ufa», bu turda TsSKA bir ochko oldi. Ammo jamoa bahorda 3ta o'yinda maydonga tushib, hali gol ura olmadi.
Oston O'runov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o'yin oxiriga qadar maydonda harakat qildi. «Ufa» 27 ochko bilan jadvalda 9-o'rnni egallab turibdi.
Rossiya premer-ligasi, 22-tur
TsSKA – Ufa 0:0 (0:0, 0:0)
TsSKA – Akinfeev, Shennikov, Vasin, Magnusson, Fernandes, Dzagoev, Vlashich, Sigurdsson, Bistrovich (Biyol, 80), Diveev, Chalov (Shkurin, 56).
Ufa – Belenov, Tabidze, Putsko, Nedelcharu, Suxov, Oston O'runov, Aliev, Karp, Fomin, Bizyak (Vombergar, 80), Krotov (Golubev, 71).
Ogohlantirishlar: Karp (15), Krotov (30), Diveev (38), Nedelcharu (70).

Bosh sahifaga
183