De Xea «MYu»da qolishga tayyor, faqat bir shart bilan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2439
“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor faqat u maoshini ko'paytirishlarini talab qilmoqda deb xabar beradi Daily Mail.
De Xeaning hozirgi maoshi 11,6 mln evroni tashkil qiladi. Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik posbon yilliga 17,5 mln evro maosh olmoqchi.
Uning mankunianliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli darvozabon joriy mavsum 28 ta o'yinda ishtirok etib 34 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!