Obi Mikel: "Men bu vaziyatda futbol o'ynashni xohlamayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

"Trabzonspor" yarim himoyachisi Jon Obi Mikel koronavirus tarqalishi sababli mavsumni butunlay to'xtatish kerakligini aytib o'tdi.
"Futboldan muhimroq narsalar ham bor. Men o'zimni erkin his qilmayabman va bunday vaziyatda futbol o'ynashni xohlamayman. Ushbu vaziyatda hamma o'z oilalari va yaqinlari bilan uyda bo'lishi kerak. Mavsumni bekor qilish kerak, chunki dunyo shu kabi notinch paytlarni boshdan kechirmoqda", - deb yozadi futbolchi o'zining instagram sahifasida.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152