Xames «Real»ni tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges yozgi transfer paytida boshqa jamoaga o'tmoqchi.
Ma'lumotga qaraganda, kolumbiyalik futbolchi "Qirollik klubi"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi bo'lmoqda. Shu bois, u o'z agentlariga yangi jamoa topish borasida ko'rsatma berdi.
"Real" esa uni 50 million evroga sotishga tayyor. Futbolchiga "Everton" va "Vulverxempton" klublari qiziqish bildirishmoqda.
28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211