«Real»ning asosiy transfer maqsadi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531

«Real» klubi «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni sotib olmoqchi. Senegallik futbolchi Madridliklarning yozda eng asosiy transfer maqsadi bo'ladi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" tez orada Manening agentlari bilan muzokarani boshlaydi. «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning shaxsan o'zi Sadioga qiziqish bildirmoqda.
Manening bozor narxi 150 million evroni tashkil qiladi. U mazkur mavsumda APL doirasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200