Dilyaver Vaniev: «Natija alamli bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan “Mash'al” – “Qizilqum” (1:1) bahsidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev uchrashuv borasidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugun o'z maydonimizda alamli tarzda durang o'ynadik. “Qizilqum” jamoasi markazda uch himoyachi bilan harakatlandi va bu bizni biroz xayratlantirdi. Standart vaziyatdan o'tkazib yuborilgan gol rejalarimizni chalkashtirib yubordi. Bosim uyushtirdik, to'p nazoratida ustunlik qildik. 1:1 o'ynadik, nima ham qila olardik”, - dedi Vaniev.
"Mash'al" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206