Superliga. «Mash'al» o'z uyida «Qizilqum» bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan «Mash'al» – «Qizilqum» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muborakdagi «Bahrom Vafoev» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi -1:1.
13-daqiqada Sunnatilla Abdullajonov hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tib esa Mo'minjon Meliev muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, navoiyliklar 2020 yildagi ilk ochkolarini Muborakda qo'lga kiritishdi va turnir jadvalida 11-o'ringa ko'tarilib oldi. 4 ochkosi bor «Mash'al» esa 6-pog'onadan joy olgan.
Superliga, 3-tur. 16:00
"MASh'AL" - "QIZILQUM" - 1:1 (1:1)
Gollar: Mo'min Meliev (23) — Sunnatilla Abdullajonov (13)
“Mash'al”: 35. Raximjon Davronov, 5. Najmiddin Normurodov, 6. Sirojiddin Rahmatullaev, 9. Nikita Pavlenko, 10. Sherzod Temirov, 11. Mo'minjon Meliev, 14. Ella Ken, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos Shodmonov, 22. Sirojiddin Qo'ziev, 23. Samandar Shukrullaev
“Qizilqum”: 22. Artem Makosin, 3. Ilxomjon Alijanov, 5. Abdi Bashimov, 7. Vezirgeldi Ilyasov, 8. Ruslan Margiev, 10. Alisher Sanoev, 17. Salim Mustafaev, 23. Sherali Jo'raev (S), 25. Azizbek Usmonov, 75. Oleg Tolmasov, 77. Sunatilla Abdullajonov

Bosh sahifaga
206