Biatlon. Marten Furkad faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

31 yoshli frantsiyalik biatlonchi Marten Furkad faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
"Yo'lning so'ngi. Xayrlashish vaqti keldi", - deya yozdi Marten Furkad o'zining tvitterdagi sahifasida.
Shu tariqa, Finlyandiyaning Kontiolaxti shahrida bo'lib o'tayotgan jahon kubogi doirasida ta'qib qilish bahsi Furkad uchun faoliyatidagi eng so'nggisi bo'ladi.
Ma'lumot o'rnida. Furkad 5 karra olimpiya chempioni, 13 karra jahon chempioni hisoblanadi. U 2011/2012 mavsumdan 2017/2018 mavsumgacha individual hisobda birinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176