«Udineze» 22 martgacha karantin e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

"Udineze" klubi futbolchilari va xodimlari 22 martgacha karantinga yuborildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich koronavirusga chalingani haqida ma'lumot tarqalganidan keyin jamoa shunday qarorga keldi. 8 mart kuni "Udineze" A seriyaning 26-turi doirasida "Fiorentina" bilan bahs yuritgan bo'lsa, Vlaxovich maydonda to'liq harakat qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175