APL klublari «Liverpul»ni chempion sifatida tan olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Angliya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsumi oxiriga etkazilmasa, «Liverpul»APL chempioni sifatida tan olinishi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, agar chempionat davom ettirilmasa, deyarli barcha jamoalar chempionlikni «Liverpul»ga berish kerak deb hisoblamoqda.
Ayni paytda APL to'xtatilgan bo'lib, dastlabki rejaga ko'ra, u 4 apreldan boshlab davom ettirilishi kerak.
Hozirda «Liverpul» 82 ochko bilan jadvalni boshqarmoqda. Mersisaydliklar 2-o'rindagi «Manchester Siti»ni 25 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Klopp jamoasi rasman chempionga aylanishi uchun 6 ochko kifoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194