Pol Pogba koronavirusni engib o'tish uchun maslahat berdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 487

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba koronavirus bilan bog'liq vaziyatga o'z munosabatini bildirdi.
Infektsiya tarqalmasligi uchun frantsiyalik futbolchi o'zining golni nishonlash uslubi — "deb" qilishni maslahat berdi.
«Koronavirusni mag'lub etish uchun "deb" qil», – deya yozdi Pogba tvitter orqali.
Pogba ushbu matnga surat ilova qildi. Rasmda esa quyidagi so'zlar yozilgan:
«Yo'talganingda "deb" qil. Aksirganingda "deb" qil. Koronavirusni mag'lub etish uchun "deb" qil».
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti inson yo'talganida va aksirganida qo'lni bukkan holda og'iz va burunni yopishni maslahat bergan. Ushbu maslahat Pogbaning "deb" holatiga o'xshab ketadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172