Vadim Abramov: «G'alati gollar o'tkazib yubordik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan AGMK – “Bunyodkor” (2:0) bahsidan so'ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugun 0:2 hisobida mag'lub bo'ldik. AGMK jamoasi g'alabani ko'proq istadi. Ular ilk daqiqalardan maydonga yuqori kayfiyatda tushgani ko'rindi. Biz tushunarsiz gollar o'tkazib yubordik. Futbolchilarimda ishtiyoq ko'rinmadi. Hisob 2:0 ko'rinishini olgach agressivlikni oshirdik”, – dedi Abramov.
AGMK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176