«PSJ»ning faqat bir o'yinchisi Xolandning ustidan kulmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 975

"PSJ" futbolchilari Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Borussiya"ga qarshi o'yindan keyin raqib hujumchisi Erling Xolandning ustidan kulishdi.
O'yinchilar erga o'tirib olgan holda norvegiyalik o'yinchining gol nishonlash uslubini namoyish qilishdi. Parijliklarning bu "aktsiya"sida faqat urugvaylik hujumchi Edinson Kavani ishtirok etmadi.
Eslatib o'tamiz, Xoland Dortmundda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda "PSJ" darvozasiga 2ta gol urib, o'z uslubida golni nishonlagan edi. Bundan tashqari, Erling ijtimoiy tarmoqlar orqali: "Parij — mening shahrim, sizniki emas", deya yozib, "PSJ" futbolchilarining asabiga tekkan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252