Ro'ziqul Berdiev: «Kuchli raqib maydonida 3 ochko oldik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (1:2) bahsidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev uchrashuv borasidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugun kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. Qolaversa, ular o'z maydonida harakat qilishdi. Raqibni yaxshi o'rgangan edik. “Surxon” uzun paslar bilan o'ynashini va standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini bilar edik. Bunga tayyor edik.
Yigitlar diqqat-e'tiboni yo'qotmasdan o'ynashdi. Ko'p vaziyatlar yaratdik, faqat ikkitasidan foydalana oldik. Asosiysi, kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo'ldik” – dedi Berdiev.
“Surxon” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186