«Gremio» - «Internasonal» o'yini janjal bilan tugadi, hakam 8ta qizil kartochka ko'rsatdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444

Braziliyaning «Gremio» va «Internasonal» jamoalari Libertadores kubogi guruh bosqichi doirasida to'qnash kelishdi. O'yin Portu-Alegri shahridagi «Arena du Gremio» stadionida bo'lib o'tdi va 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Mazkur bahsda har ikkala jamoadan 4 nafardan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi. Barcha 8ta kartochka o'yin so'ngida ko'rsatildi. Boisi, maydondan ommaviy janjal-to'polon yuzaga keldi.
«Gremio» va «Internasonal» jamoalari 4 ochko to'plagan holda "F" guruhida 1 va 2-o'rinni egallab turishibdi.
«Gremio» - «Internasonal» 0:0
Chetlatishlar: Pepe, 88; Lusiano, 88; Kayu Enrike, 90+5; Paulo Miranda, 90+6 — Edenilson, 89; Moyzes, 89; Kuesta, 90+5; Praksedes, 90+7.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210