UEFA EChLni yakunlashning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

UEFA Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumini oxiriga etkazib qo'yishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda L’Equipe xabar tarqatdi.
Asosiy g'oyalardan biri — o'yinlar sonini qisqartirish. Unga ko'ra, chorak final bosqichi faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi. Bu uchrashuv yo neytral maydonda, yoki qur'a tanlagan jamoa stadionida o'tkaziladi.
UEFA yarim final bosqichi o'rniga mini-turnir tashkil qilib, EChL g'olibini aniqlashi mumkin.
Ushbu mavsumda evrokuboklarning keyingi taqdiri borasidagi yakuniy qaror 17 mart, seshanba kuni qabul qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217