«Arsenal» bosh murabbiyi koronavirus bilan zararlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta COVID-19 konovirusi bilan zararlangani aniqlandi. Shu bois, jamoa bazasi yopildi, so'nggi paytda murabbiy bilan ko'p aloqada bo'lgan xodimlar karantinga joylashtirildi. Ular orasida murabbiylar shtabining barcha a'zolari, baza xodimlarining aksariyati, klub akademiyasi mutaxassislari bor.
Oxirga paytda Arteta bilan aloqada bo'lmagan «Arsenal» xodimlari yaqin kunlarda ishga qaytadi. Ungacha esa klub bazasi va akademiyasi hududi dezinfektsiya qilinadi.
«Juda xafa bo'ldim, lekin o'zimni yomon his qilganimda test topshirishga qaror qildim. Menga ruxsat berishganidan keyin ishga qaytaman», – dedi Arteta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262