Rasman. «Sampdoriya» o'yinchisidan koronavirus chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

«Sampdoriya» futbolchisi Manolo Gabbyadini koronavirus yuqtirib olgani aniq bo'ldi. Bu ma'lumotni klub rasman tasdiqladi.
«Unda koronavirusning ba'zi belgilari bor, ammo u o'zini yaxshi his qilyapti. Hozirda klub uni karantinga olish choralarini ko'rmoqda», — deyiladi «Sampdoriya» bayonotida.
Gabbyadini koronavirusga chalingan A seriyadagi ikkinchi o'yinchi bo'ldi. Kecha «Yuventus» himoyachisi Daniele Rugani ushbu kasallikka chalingani ma'lum bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228