"Bornmut"ning mag'lubiyatsiz seriyasi uzaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 722

Angliya Premer-ligasining 31-turi boshlandi, unda "Bornmut" "Manchester Yunayted" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Bu "giloslar"ning ketma-ket o'n birinchi mag'lubiyatsiz o'yini bo'ldi. "Bornmut"ning so'nggi mag'lubiyati yil boshida, 3 yanvarda "Arsenal"ga qarshi uchralgan.
Qizig'i shundaki, "giloslar"ning keyingi o'yini "Arsenal"ga qarshi bo'ladi. "Bornmut" hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'ninchi o'rinda turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273