APL jamoalari «Leyptsig» sardoriga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 794

"Leyptsig" hujumchisi Marsel Zabittser "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar beradi Calcio Mercato portali.
London klublari keyingi yozda hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida avstriyalik qanot himoyachisini qo'lga kiritishga harakat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Zabittserning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyunigacha amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda futbolchi 35 ta uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol va 8 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270