Ronaldu koronavirus tufayli «Yuventus»ga qaytishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 720

Ushbu haftada opasi Elma Aveyruning tug'ilgan kunini nishonlash uchun Portugaliyaga yo'l olgan Krishtianu Ronaldu «Yuventus» safiga qaytmaslikka qaror qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi Madeyra orolida qolishni afzal bilgan. Portugaliyalik futbolchi jamoa ichida koronavirus bilan bog'liq vaziyat hal bo'lishi kutadi. Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" himoyachisi Daniele Rugani infektsiya yuqtirib olgani ma'lum bo'lgan edi.
Ma'lumot o'rnida. A seriya o'yinlari 3 aprelga qadar to'xtatildi. "Yuventus"ni esa 17 mart kuni Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Lion"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Avvalroq, hozirda Portugaliya va Italiya o'rtasida samolyot qatnovi bekor qilinganiga qaramay, Krishtianu payshanba kuni shaxsiy samolyotida Italiyaga uchib kelish uchun maxsus ruxsatnoma olgani haqida xabar berib o'tgan edik.

Bosh sahifaga
269