109 ta gol! Levandovski Messi va Ronaldu ta'qibini davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1446

Robert Levandovski «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. «Barselona» hujumchisi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi uchrashuvning 56 va 61-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Endilikda polyak futbolchisining ushbu turnirdagi gollari soni 109 taga etdi. U EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bu borada u faqat Lionel Messi (129 ta gol) va Krishtianu Ronaldudan (saralash bosqichini hisobga olmaganda 140 ta, saralash bilan birga 141 ta gol) ortda qolmoqda.
EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (Top-5):| O'rin | Futbolchi | Gollar soni |
| 1 | Krishtianu Ronaldu | 140 |
| 2 | Lionel Messi | 129 |
| 3 | Robert Levandovski | 109 |
| 4 | Karim Benzema | 90 |
| 5 | Raul Gonsales | 71 |
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268